Endi Oʻzbekistonda magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjetdan qoplab beriladi

Saqlash
23:14 / 01.03.2022 2898 0

Prezident rahbarligida oʻtkazilayotgan yigʻilishda taʼlim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar yaratilayotgani maʼlum qilindi. Jumladan:

 

yangi oʻquv yilidan boshlab magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard soʻm);

 

har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

 

har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yoʻqotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) taʼlim kontrakti mahalliy byudjetdan toʻlab beriladi;

 

yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy oʻqishga sharoit yaratiladi;

 

doktorantura yoʻnalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//