Siyosat
Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-mart kuni xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish va ayollarning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Unda davlat rahbari ayollarni eʼzozlash, ehtirom koʻrsatish qadriyat ekani haqida gapirdi.
«Donishmand xalqimiz hamisha ayollarni eʼzozlab yashagan, xotin-qizlarga yuksak ehtirom koʻrsatib yashash el-yurtimizga xos azaliy qadriyatga aylangan.
“Buni muqaddas Qurʼoni karimning eng katta suralaridan biri — «Niso”, yaʼni “Ayollar” deb atalishi ham tasdiqlaydi. Alloh taolo ushbu surada insonlarni ayollarga adolatli munosabatda boʻlishga daʼvat etadi.
Muqaddas hadisi shariflarda ham xotin-qizlarga doimo yaxshilik qilish buyurilgan.
Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur mirzo kabi ulugʻ ajdodlarimiz, maʼrifatparvar jadidlarimiz ham oilaning tinch, mustahkam va farovon boʻlishida, farzandlar tarbiyasida xotin-qizlarning oʻrni va taʼsiri beqiyos ekanini alohida taʼkidlaganlar.
Bugungi kunda muhtarama opa-singillarimiz jamiyatimizda olib borilayotgan oʻzgarish va yangilanishlar jarayonida, boshqaruv tizimida, tadbirkorlik, ilm-fan, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sanʼat sohalarida, mahallalarda qanchalik fidokorona mehnat qilib kelayotganini hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz», dedi Prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q