Jamiyat
Hukumat qaroriga koʻra Oʻlimni qayd qilish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga koʻra:
Tibbiyot muassasasi xodimi – oʻlim holati tasdiqlangandan soʻng, vafot etgan shaxs haqidagi maʼlumotlarni FHDYO boʻlimiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDYO boʻlimi – axborot tizimi orqali avtomatik ravishda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va maʼlumotni tibbiyot muassasasi va Pensiya jamgʻarmasiga elektron shaklda yuboradi.
Tibbiyot muassasasi xodimi – QR-kod tasviri tushirilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnomani ariza beruvchilarga darhol ikki nusxada chop etib beradi.
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi – har oyning 5-sanasigacha oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni Tijorat bankining hisobvaragʻiga moliyalashtiradi.
Tijorat banki – QR-kod tushirilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnoma asosida Pensiya jamgʻarmasiga elektron soʻrov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan nafaqa toʻlovini amalga oshiradi.
FHDYO boʻlimi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxoʻrlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan eksterritorial tamoyil asosida oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani chop etib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada koʻrsatilgan manzilga yuboradi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-apreldan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan oʻlim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali oʻlim haqida tibbiy maʼlumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q