2021-yilda “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari nimalarga yoʻnaltirilgani ochiqlandi

Saqlash
16:51 / 28.02.2022 925 0

“Mahalla” xayriya jamoat fondi 2021-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 1,5 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarflagan. Bu haqida fond matbuot kotibi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, yana shuncha mablagʻ boquvchisini yoʻqotgan, voyaga yetmagan yetimlar, yakka-yolgʻiz qariyalar, nogironlar hamda tabiiy ofatlardan aziyat chekkan fuqarolarga moliyaviy yordam koʻrsatishga yoʻnaltirilgan.

 

Shuningdek, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida yashovchi ehtiyojmand aholi qatlamiga salkam 1 milliard soʻmlik kiyim-kechak mahsulotlari olib berilgan. “Nogironlik uyi” tarbiyalanuvchilari hamda uyda yotib qolgan imkoniyati cheklanganlarga nogironlik aravachalari, eshitish va ortopedik mahsulotlar tarqatilgan. 500 nafarga yaqin “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni sohiblariga fond mablagʻlari hisobidan “Navbahor sihatgohi”da bepul yoʻllanma berilgan.

 

“2021-yilda 4 mingdan ortiq mahalla idoralarining kommunal toʻlovlardan boʻlgan 2 milliard soʻmdan ziyod qarzdorligi fond hisobidan qoplab berildi. Fuqarolar yigʻinlarini kompyuter va mebel jihozlari bilan taʼminlashga esa 6,5 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirildi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//