Jamiyat
Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumanida 23-fevral kuni noqonuniy bugʻu ovlagan shaxslar ushlandi. Bu haqida Qoraqalpogʻiston Ekologiya qoʻmitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni chamasi soat 04:30 da «Biybozor» ovuli hududidagi oʻrmon xoʻjaligiga yondosh joyda miltiqning otilgan ovozi haqida rezervat xodimlariga xabar kelib tushgan. Xodimlar miltiq ovozi chiqqan taxminiy joyga yetib borgan. Atrofni koʻzdan kechirish jarayonida shu yerdagi ichki asfalt yoʻlida qon izlarini koʻrgan. Shuningdek, ular fermer xoʻjaligiga tegishli bugʻdoy dalasining yonidagi ariqda tuzoq izlarini ham aniqlagan. Inspektorlar qon izlari boʻylab asfaltda 4 km va tuproq yoʻlda mototsikl izi bilan taxminan 2 km atrofida yoʻl yurgan.
Izlanish natijasida rezervat xodimlar fermer xoʻjaligi dalasi yonidagi ariq ichida bir dona Buxoro bugʻusining soʻyilgan boshi, oyoqlari, terisi va ichki aʼzolarini aniqlagan. Holat boʻyicha Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi va Beruniy tumani IIBga xabar qilingan.
Xodimlar mototsikl izi bilan borib, transport vositasi izi borib toʻxtagan uyni aniqlagan. Uyda davlat raqami yoʻq qizil rangli mototsikli turgani va bu mototsikl ushbu xonadonda yashovchi A.Sh.ga tegishli ekani maʼlum boʻlgan. Mototsikl koʻzdan kechirilganda yaxshilab yuvilgani, lekin baʼzi joylarida qon dogʻlari va hayvon junlari borligi aniqlangan.
Tergov davomida Sh.A. haqiqatan ham shu kuni bir dona Buxoro bugʻusini otganini tan olgan va uyidan bir dona hujjatsiz ov miltigʻini hamda bir juft Buxoro bugʻusi shoxini olib chiqib bergan.
U soʻroq davomida qonunbuzarlikni sherigi, “Oltinsoy” ovulida yashovchi K.M. (1996-yilda tugʻilgan) bilan birga sodir etganini tan olgan. K.M. soʻroq qilinganda Sh.A. bergan koʻrsatmalarni toʻliqligicha tasdiqlagan.
Holat boʻyicha Orol tabiatni muhofaza qilish qilish prokuraturasi tomonidan Sh.A. va K.M.ga nisbatan toʻplangan materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib, qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho berish uchun olib ketilgan. Hozirda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q