Ilm-fan
Internet tarmogʻida 2022-yilning 23-fevral kuni Samarqand shahrida joylashgan Amir Temur maqbarasida olimlar tomonidan arxeologik tadqiqotlar olib borilayotgani, “Temuriylar qabri” yana ochilgani toʻgʻrisida yolgʻon (feyk) xabar tarqatildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Bu xabar hech bir asosga ega emas. Sababi arxeologik tadqiqot olib borish uchun tegishli tartibda davlat organlari hamda vakolatli tashkilotlardan ruxsat olinishi kerak.
Amir Temur maqbarasida tadqiqot ishlarini olib borish uchun hech kimga ruxsat berilmagan.
Shu bilan bir qatorda xabarda keltirilgan qazishma rahbari deb belgilangan Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy 1897-1970-yillarda yashab oʻtgan boʻlib, u 1941-yilda olib borilgan qazishma ishlariga rahbarlik qilgan.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109660
Jamiyat
94043
Jamiyat
89822
Jamiyat
72979
Jamiyat
//
Izoh yo‘q