Jamiyat
Haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirishning soʻnggi muddati oʻtgan yili dekabr oyidan, 2022-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilgan va bu jarayon 4 bosqichda amalga oshirilishi belgilangan. Belgilangan muddatda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirishga ulgurmagan fuqarolar soni koʻpligi sababli Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyuruvchilar soni ortib ketdi.
Fuqarolarga ushbu davlat xizmatini koʻrsatishda qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida:
Toshkent shahrining Mirobod, Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod, Yakkasaroy, Sergeli, Chilonzor, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazlarida 2022-yilning 21-fevral kunidan boshlab, “Soʻnggi mijozgacha” ish rejimi tashkil qilindi. Buning uchun ish grafigi mehnat qonunchiligi doirasida qayta koʻrib chiqildi.
Bunda, yuqorida qayd etilgan DXMlar orqali haydovchilarimiz dushanbadan-juma kuniga qadar ertalab soat 9:00dan kechgacha hamda shanba kuni soat 09:00dan 13:00 ga qadar xizmatdan foydalanishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, eski “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat DXMlarga, balki bevosita vakolatli idora IIBB YHXB boʻlimlariga ham murojaat qilish mumkin.
Maʼlumot oʻrnida, eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtirilishi shart:
2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;
2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentyabrgacha;
2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q