Sport
Tojik tilida «Xush omaded» soʻzi xush kelibsiz degan maʼnoni bildiradi. Bu yil Kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida XI Osiyo chempionati ramzlariga «Xush omaded Kurash» soʻzi yoziladigan boʻldi.
Darhaqiqat, Kurash sporti xalqaro rivojlanish tarixida biror marta Tojikistonda Kurash boʻyicha Osiyo yoki Jahon chempionatlari boʻlib oʻtmagan.
Kurash boʻyicha mazkur nufuzli chempionat Tojikistonda ilk marotaba tashkil etilmoqda.
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri 17-21-mart kunlari Kurash boʻyicha qitʼamizning yangi chempionlari nomlarini aniqlab beradi.
Osiyo-Okeaniya Kurash konfederatsiyasi, Tojikiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Dushanbe shahar hokimligi va Tojikiston Kurash federatsiya tashabbusi bilan tashkil etilayotgan qitʼa birinchiligi sentyabr oyida Xanjouda boʻladigan Osiyo oʻyinlari oldidan oʻziga xos tayyorgarlik vazifasini ham oʻtab beradi.
Chempionat doirasida Osiyo-Okeaniya Kurash konfederatsiyasining navbatdagi ijroiya qoʻmitasi yigʻilishi va Kongressi ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Bahslar 19-20-mart kunlari “Dushanbe Universal sport kompleksi”da boʻlib oʻtadi. Mazkur kompleks 2020-yilda foydalanishga topshirilgan boʻlib, oʻzida 3000 oʻrinli tomoshabinni sigʻdira oladigan mamlakatdagi eng yirik sport majmuasi hisoblanadi.
Shuningdek, chempionat kunlari doirasida Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi tomonidan 1-2 yulduz darajasi uchun xalqaro hakamlik imtihonlari ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q