Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muloqotda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Telefon orqali o‘tkan suhbat avvalida Fransiya Prezidenti davlatimiz rahbari va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarining amaliy jihatlarini ko‘rib chiqdilar, xususan, 2018 yil oktyabr oyida Parij shahridagi sammitda erishilgan kelishuvlarga muvofiq “yo‘l xaritalari”nining bajarilishini muhokama qildilar.
Xususan, bir qator qo‘shma madaniy tadbirlarni yuksak darajada o‘tkazish, jumladan, kelgusi yilning birinchi yarmida Luvr muzeyida mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani tashkil etishga kelishib olindi.
Prezidentlar Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat ta’siridagi mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va almashinuvlarni faollashtirish xususida fikr almashdilar.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q