Ukrainani tark etishni istovchi Oʻzbekiston fuqarolari elchixonaga murojaat qilishlari soʻraldi

Saqlash
17:38 / 24.02.2022 850 0

Ukrainadagi vaziyat keskinlashgani va favqulodda holat joriy etilgani sabab Oʻzbekistonning Kiyevdagi elchixonasi fuqarolarga murojaat qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, hozirda Oʻzbekiston Respublikasining Kiyevdagi elchixonasi tomonidan evakuatsiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar roʻyxati ishlab chiqilmoqda.

 

Ukraina havo hududining yopilishini inobatga olgan holda joʻnab ketish yoʻnalishlari va joʻnab ketish joyi ishlab chiqilmoqda. Maqbul evakuatsiya yoʻnalishlari boʻyicha masalalar uchinchi davlatlarning manfaatdor xizmatlari bilan kelishilgach, Oʻzbekiston fuqarolari Elchixonaning www.uzbekistan.org.ua sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida qoʻshimcha ravishda xabardor qilinadi.

 

«Ukrainadan chiqib ketishni xohlovchi Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari pasport maʼlumotlarini Elchixonaning embassy@uzbekistan.org.ua elektron manziliga yuborishlari soʻraladi», deyiladi xabarda.

 

Ukrainada boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan tinchlik saqlashlari va qoʻshimcha savollar tugʻilganda Elchixona bilan aloqada boʻlishlari soʻralgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//