Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumanida 24-fevral kuni shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshini qoʻyish marosimida nutq soʻzladi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari tumanda quriladigan quvvati 100 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshini qoʻyish marosimida ishtirok etmoqda.
“Dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali boʻlib boryapti. Biz iqtisodiyotimiz, mudofaamizni mustahkam qilib, ishonch bilan jonajon vatanimizning qudratini koʻtarishga harakat qilishimiz kerak”, deydi Prezident.
Shuningdek, davlat rahbari Qoraqalpogʻistonning iqlimi va bu yerning aholi turmush tarzi haqida gapirgan.
«Biz yerlardan unumli foydalana olmayapmiz. Qoraqalpogʻiston yeri 2 million xalqni bemalol boqa oladi. Nima qilish kerak? Aql va izlanish bilan, innovatsiya bilan undan foydalanish kerak. Qoraqalpogʻistonning havosi ham foyda berishi aniq. Necha yillar davomida bu yer energetika tanqisligini boshdan kechiryapti. Nega biz bunga koʻp eʼtibor beryapmiz? Agar biz katta korxonalar qurmoqchi boʻlsak, keladigan investor ham «infratuzilmang bormi, gazing, suving, yoʻling, temiryoʻling, aeroporting bormi deb soʻraydi. Korrupsiya boʻlmaydimi, deb savol beradi.
Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi 20ga yaqin yetakchi kompaniyalar oʻrtasida oʻtgan tanlovda 1 kilovatt soat elektr energiyasi uchun 2,57 AQSH senti tarif taklifi bilan gʻolib deb topilgan edi. Buyam adolat, raqobat», deydi Prezident.
Kompaniyasi 100 MVt quvvatli yangi shamol elektr stansiyasini quradi. Mazkur elektr stansiya 2 yil ichida, yaʼni 2024-yilda ishga tushiriladi. Elektr stansiya ishga tushgach yiliga 350 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 120 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi, yiliga 106 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi, ushbu hajmdagi tejalgan gaz bilan 35 mingta xonadonni 1 yil davomida tabiiy gaz bilan taʼminlash mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q