Jamiyat
Tojikistonning Xoʻjand shahridan Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahriga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Xoʻjanddan yoʻlga chiqqan yoʻlovchilar “Andarxon” chegara maskanida kutib olinib, Qoʻqon shahriga kuzatib qoʻyilgan. Beshariq tumani hokimi Rasuljon Joʻrayev bojxona maskanida Tojikistondan kelayotgan yoʻlovchilarni kutib olib, ularga oq yoʻl tilagan.
Yangi xalqaro yoʻnalishda ish boshlagan avtobus qatnovi ertalab soat 08:00 da Xoʻjand shahridan Qoʻqonga yoʻl oladi.
Avtobus qatnovi kechki soat 20:00 da Xoʻjand shahriga oxirgi yoʻnalishni bajaradi. Yoʻlkira haqi Xoʻjanddan Qoʻqongacha 100 ming soʻmni tashkil etadi. “Yoʻlovchilarning talab va istaklariga koʻra avtobus qatnovi koʻpaytirilishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91368
Jamiyat
76046
Jamiyat
//
Izoh yo‘q