Jamiyat
Toshkent shahar sudi axborot xizmati maʼlum qilishicha, jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudida sudlanuvchi J.Yu. (1969-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent shahrida 1999-yil 16-fevraldagi voqealar ishtirokchisi) ga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra, J.Yu. Jinoyat kodeksining 155-moddasi (terrorizm), 159-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 161-moddasi (qoʻporuvchilik), 164-moddasi (bosqinchilik), 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish), 242-moddasi (jinoiy uyushma tashkil etish) hamda 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Unga nisbatan uzil-kesil oʻtash uchun 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q