Oʻzbekistonda fevralning boshida havodagi gulchang miqdori keskin oshdi – mutaxassislar

Saqlash
19:45 / 22.02.2022 1062 0

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi mutaxassislari tomonidan allergen oʻsimliklar gulchangining aerobiologik monitoringi olib borildi.

 

Qayd etilishicha, joriy yildan boshlab monitoring natijalar har hafta mobaynida eʼlon qilib boriladi.

 

Fevral oyining monitoring natijalari quyidagicha:

 

Toshkent shahrida havodagi gulchanglar miqdorini monitoring qilinganda 2-fevral kuni oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, havo bulutli boʻlishiga qaramay 1m.kub havoda sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 172 ta gul chang miqdori aniqlangan.

 

3-fevralda esa gulchang miqdori biroz kamaygan. Yaʼni 1m. kub havoda sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 54 ta gul chang miqdori qayd etilgan.

 

4-fevral kuni 12 ta, 5-fevral kuni esa 7 ta sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning gul changi aniqlangan. Shuningdek, xuddi shu kuni korilusning ham 3 ta gulchangi aniqlangan.

 

6-fevral kuni esa yomgʻir yogʻingarchilikka qaramay 1m.kub havoda sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 100 ta gul changi hamda 1 ta korilusning gulchangi aniqlangan.

 

Yogʻingarchilikdan soʻng 7-8-fevral kunlari esa gul changlar qayd etilmagan, ammo 9-fevral kuni xuddi shu daraxtlardan 1m.kub havoda 7 ta gul chang miqdori aniqlangan.

 

Keyingi 3 kun davomida yogʻingarchilik boʻlgani sababli, chang miqdori qayd etilmagan.

 

13-fevral kuni, havo biroz bulutli boʻlib, sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 9 ta gulchangi 1 m.kub havoda aniqlangan. 14-fevral kuni esa yogʻingarchilik kuzatilgan, gulchang esa qayd etilmagan.

 

15-fevral kuni havo isib, gulchanglar koʻpayishiga zamin yaratgan. Xususan, sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 5 ta, korilusning 2 ta, otquloqning 1 ta gulchangi aniqlangan.

 

16 va 17-fevral kunlari ham havo bulutli boʻlib, gulchang miqdori yanada kamaygan. Masalan, sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 3 ta, korilisning 1 ta gulchangi aniqlangan.

 

18-fevral kuni sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 1 ta, 19-fevral kuni sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 3 ta, 20-fevral kuni ham xuddi shu daraxtlarning 5 ta gulchangi qayd etilgan.

 

Daraxtlarning gullashi, havoning ifloslanishi, transport vositasidan chiqadigan zararli tutunlar oqibatida odam organizmida ham har xil allergik holatlar kuzatiladi. Surunkali kasallik boʻlgani uchun allergiyani butunlay organizmdan yoʻqotib yuborish anchagina mushkul. Kasallikning oldini olish uchun sogʻlom turmush tarziga amal qilish kerak.

 

Oʻrganib chiqilgan monitoringdan shunday xulosa kelib chiqadiki, ob-havoning oʻzgarishi oʻsimlik va daraxtlarning gul changlar miqdori oʻzgarishiga olib keladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//