Siyosat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda ham qabul qilinmadi.
Taʼkidlanishicha, amaldagi qonun hujjatlarida davlat mulkiga egalik qilish (davlat mulkini saqlash) boʻyicha aniq mezonlar mavjud emas. Hozirgi kunda mamlakatimizda 24 927 ta davlat muassasasi, 2 285 ta davlat ishtirokidagi korxona mavjud boʻlib, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki yuqoriligicha qolmoqda.
Qonun loyihasi bilan davlat mulkiga egalik qilishni asoslash prinsiplari belgilanishi koʻzda tutilgan. Xalqaro tajriba va xorijlik ekspertlarning tavsiyasiga koʻra, davlat korxonalari uchun korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillariga asosan davlat mulki yagona vakolatli organ tomonidan boshqarilishi eng yaxshi tajribadir.
Xususan, Fransiya, Finlyandiya, Norvegiya, Xitoy, Singapur, Malayziya, Rossiya, Qozogʻiston va boshqa davlatlarda davlat mulki maxsus idora yoki davlat xoldingi tomonidan boshqariladi. Shundan kelib chiqib, loyihada davlat mulkini boshqarish sohasida vakolatli davlat organi sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning asosiy vakolatlaridan biri sifatida davlat mulkini boshqarish boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritishi belgilanishi koʻzda tutilgan edi.
Shuningdek, qonun loyihasida Agentlik har yili 1-avgustga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarning oʻtgan yil faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotni Oliy Majlis palatalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi va oʻz veb-saytida eʼlon qilishi lozimligi koʻrsatilgan.
Biroq deputatlarning loyiha yuzasidan eʼtirozlari sabab qonun loyihasi maʼqullanmadi.
“Qizgʻin muhokamalarda deputatlar loyiha yuzasidan ayrim eʼtirozlarni bildirdi. Ayrim moddalarni qayta ishlash va maromiga yetkazish boʻyicha takliflar berildi. Shundan kelib chiqib, qonun loyihasi masʼul qoʻmitaga qaytarildi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q