Jamiyat
Xatirchi tumanining Oltinobod mahallasidagi Navandak qishlogʻi bolalari maktabga borish uchun hududdagi xavfli koʻprikdan oʻtishga majbur boʻlmoqda. Ammo qishloq aholisining koʻp bora qilgan murojaatlariga qaramay, tuman mutasaddilari masalaga eʼtibor bermayapti.
Kun.uzning yozishicha, soy ustiga qurilgan koʻprik qachonlardir buzilib ketgan. Bahor kezlari soyda suv toʻlib-toshadi va u koʻprikdan oʻtish imkonsiz boʻlib qoladi. Ota-onalar esa katta quvurdan kesib yasalgan qoʻlbola koʻprikdan oʻtib maktabga qatnaydigan bolasini yurak hovuchlab kutib oʻtiradi.
(1).jpg)
Aholining maʼlum qilishicha, qimirlab turuvchi ushbu koʻprikdan oʻtishda bolalarning yiqilib tushgan holatlari ham kuzatilgan. Taʼkidlanishicha, Kun.uz ushbu qishloq muammolarini ikki yil oldin yoritgan, ammo koʻprik masalasi bugungacha oʻz yechimini topmagan.
.jpg)
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q