Oʻzbekistonda hafta davomida ob-havo qanday boʻlishi kutilmoqda?

Saqlash
20:21 / 21.02.2022 784 0

“Oʻzgidromet” 21-25-fevral kunlari uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

 

Markaz axborotiga koʻra, 21-fevral, dushanba kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha bahoriy iliq, yogʻingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kunduz kuni harorat 18-21 daraja iliqqacha koʻtariladi, bu shu kun meʼyoridan 7-9 darajaga yuqoridir.

 

22-fevraldan ish haftasining oxirigacha Kavkazdan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda. Bunda respublikaning ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi mumkin, togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Havo harorati kechalari 4-9 daraja iliq, kunduzi esa 13-18 daraja iliq boʻlishi kutilayotgan boʻlib, bu iqlimiy meʼyordan yuqoridir.

 

Poytaxtda hafta davomida quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat 25-fevral, juma kuni biroz yomgʻir yogʻish ehtimoli bor.

 

Hafta davomida respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//