 
                   
                    Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent–Istanbul yoʻnalishi boʻyicha Qora dengiz ustidagi havo maydonidan amalga oshirilgan parvoz haqida xabarlar tarqaldi. “Uzbekistan Airways” axborot xizmati holat boʻyicha izoh berdi.
Qayd etilishcha, ushbu yoʻnalishdagi parvozlarni cheklovchi aeronavigatsiya maʼlumotlari boʻlmagan. Qora dengiz ustidagi havo maydoni parvozlar uchun toʻliq ochiq va xavfsiz boʻlgan.
Shuningdek, shu vaqtda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Boeing 757 samolyoti yaqinida Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Iroq va boshqa mamlakatlardagi bir qator aviatashuvchilarning samolyotlari ham oʻz parvozini amalga oshirgan.
Qora dengiz ustidan havo kemalari harakati xavfsizligi Rossiya havo harakatini nazorat qilish organlari va Turkiya tomonidan uzluksiz taʼminlangan. Shu bilan birga, Rostov havo harakatini nazorat qilish markazining dispetcheri tomonidan samolyot ekipajiga Qora dengizdagi yuqorida koʻrsatilgan marshrutga kirish va undan foydalanish uchun ruxsat berilgan.
“Havo kemasida boʻlgan 155 nafar yoʻlovchining hayotiga hech qanday xavf yuzaga kelgani yoʻq. Parvoz qatʼiy belgilangan jadval asosida, xalqaro havo transporti standartlariga toʻla rioya qilingan holda amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, kompaniya axborot xizmati ishonchsiz va tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻragan.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109667
             109667
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89832
             89832
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q