Oʻzbekistonda Tentpegging federatsiyasi tashkil etildi

Saqlash
14:37 / 21.02.2022 1044 0

Milliy gvardiya qoʻmondonligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Tentpegging federatsiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqida Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

 

Oʻzbekiston Tentpegging federatsiyasi raisi Milliy gvardiya ot sporti boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktori N.Ibragimov va federatsiya raisi oʻrinbosari lavozimiga Yoshlar oʻrtasida harbiy-vatanparvarlik va sport ishlarini tashkillashtirish boshqarmasi boshligʻi Q.Azizov tayinlangan.

 

“Ushbu sport turi Osiyo va Yevropa davlatlarida juda ommabop boʻlib, ayniqsa, harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi”, deyiladi xabarda.

 

“Tentpegging” atamasi ikkita (“tent” va “peg”) inglizcha soʻzlardan iborat boʻlib, “chodir” va “qoziq” (belgi) maʼnolarini anglatadi. Tentpegging – qadim zamonlardan beri mavjud boʻlgan ot sport turi boʻlib, nufuzli musobaqalar ham oʻtkazilib kelingan. Ushbu sport turi bilan bogʻliq musobaqalarda maxsus pike – qilich bilan qurollangan chavandoz yerga qazilgan qoziqni – yogʻoch yoki (60 gradusli burchak ostida, balandligi 30 santimetr va kengligi 4-6 santimetr) boʻlgan karton qogʻozni toʻliq teshishi kerak, buning uchun sportchilarga ballar beriladi. Vazifa bir nechta (raqobat turiga qarab 2, 3 yoki 6) urinishlar natijasida qoziqni maksimal koʻtarishdir. Mamlakatga va raqobatning oʻziga xos turiga qarab, chodirni bogʻlash juda koʻp qoʻshimcha qoidalarga ega boʻlishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//