Ertaga Oʻzbekistonda qanday ob-havo boʻlishi kutilmoqda?

Saqlash
23:30 / 18.02.2022 1289 0

“Oʻzgidromet” 19-fevral, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

 

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//