Oʻzbekistonliklar Navroʻz bayramida ketma-ket 5 kun dam oladi

Saqlash
21:08 / 18.02.2022 1117 0

“2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni bilan 2022-yil 22 va 23-mart kunlari barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar) qoʻshimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

 

Shunga koʻra, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar Navroʻz bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi.

 

Xususan:

 

19-mart (shanba) - dam olish kuni;

 

20-mart (yakshanba) - dam olish kuni;

 

21-mart (dushanba) – Navroʻz bayrami;

 

22-mart (seshanba) – qoʻshimcha ishlanmaydigan kun.

 

23-mart (chorshanba) – qoʻshimcha ishlanmaydigan kun.

 

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa ketma-ket 4 kun (20–23-mart kunlari) dam oladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//