Vazir koʻp qavatli uylarning atrofidagi yer maydonlari kimga tegishli boʻlishini aytdi

Saqlash
14:17 / 18.02.2022 821 0

Koʻp qavatli uylarning atrofida yer maydonlari yaqin orada kimlarga tegishli boʻlishi aytildi. Bu haqida Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

 

« Koʻp qavatli uylarning atrofida yer maydonlari bor. Ushbu maydon kimniki degan savol tugʻiladi. Hozirgi kunda uy-joy mulkdorlariga kadastr chegarasi aniqlab berilib, biriktirilishi boʻyicha qaror loyihasi tayyorlangan. Yaqin orada chiqadi.

 

Bu — belgilangan yer maydoni kadastri chiqqandan keyin uy-joy mulkdoriga tegishli ekanini anglatadi, qonun boʻyicha. Ertaga oʻsha maydonning ichiga hokimlar yoki tadbirkorlar oʻzidan-oʻzi hech narsa qurolmaydi. Qaror chiqqandan soʻng mulkdorlarning hududiga hech kim daxl qila olmaydi. Qonun bilan himoyalanadi», dedi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sherzod Hidoyatov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//