
Jamiyat
Hukumat qarori bilan Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-martdan:
chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki maʼlumotnoma olish uchun test sinovida qatnashish boʻyicha murojaatlar YAIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi;
talabgordan 3,5 x 4,5 sm fotosurat va davlat xizmati uchun toʻlovni tasdiqlovchi hujjat nusxasini talab qilish bekor qilinadi;
imtihon oʻtkaziladigan kunlar DTM saytida eʼlon qilinadi va talabgorga imtihon kunini mustaqil tanlash huquqi beriladi;
test natijalarini eʼlon qilish muddati 3 haftadan 1 haftagacha qisqartiriladi;
malaka sertifikati yoki maʼlumotnoma natija eʼlon qilingan kundan boshlab 1 ish kunida talabgorga yuboriladi.
Amaldagi har bir daraja (A2, V1, V2, S1) uchun alohida imtihon topshirish tartibiga qoʻshimcha umumlashtirilgan koʻp darajali (Multi-level) test tizimi (V1, V2, S1) joriy qilinadi.
Multi-level test tizimi 2022-yil 1-martdan – ingliz tili uchun, 2022-yil 1-noyabrdan – nemis, fransuz va arab tillari uchun joriy etiladi.
Reglamentga muvofiq, chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishda talabgor soʻrovnomani mustaqil ravishda YAIDXP orqali toʻldiradi.
Soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Soʻrovnoma YAIDXP orqali avtomatik tarzda DTM (vakolatli organ)ga yuboriladi.
DTM talabgorlarni malaka imtihonini oʻtkazish joyi va aniq vaqti toʻgʻrisida imtihon sanasidan 3 kun oldin xabardor qiladi.
Chet tilini bilish darajasi test sinovi, yozma ish va gapirish koʻnikmasini baholash yoʻli bilan aniqlanadi.
Malaka imtihoni qogʻozlarda yoki kompyuterda oʻtkazilishi mumkin.
Imtihon topshirishda talabgor pasport, ID-karta yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning aslini taqdim etadi.
Malaka imtihonining har bir daraja uchun oʻtkaziladigan test sinovi:
“tinglab tushunish”, “oʻqish” boʻlimlarining har biri 30 ta savoldan;
“yozma ish” boʻlimi 2 ta yozma topshiriqdan (darajaga bogʻliq holda birinchi topshiriq – 30-150 ta soʻzdan, ikkinchi topshiriq – 50-250 ta soʻzdan);
“gapirish” boʻlimi topshiriqlarning 3 ta turidan iborat boʻladi.
Reglament 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q