Internetda tarqalgan 20 soni tushirilgan banknot haqida munosabat bildirildi

Saqlash
20:10 / 17.02.2022 893 0

Oʻzbekistonda 20 soni tushirilgan banknot muomalaga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, soʻm muomalaga kiritilganining 20 yilligi munosabati bilan 20 raqami tushirilgan namuna Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pul belgisi hisoblanmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu namuna Markaziy bank tomonidan emas, balki “Davlat belgisi” korxonasi tomonidan 2014-yilda yubiley sana munosabati bilan korxonaning reklama mahsuloti (suvenir) sifatida chiqarilgan.

 

Chiqarilgan ushbu banknot hech qanday qiymat oʻlchoviga ega emas (unda soʻm yozuvi qayd etilmagan), muomala va toʻlov vositasi sifatida foydalanishga moʻljallanmagan.

 

Taʼkidlanishicha, yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi xabar, shuningdek, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

 

“Shu sababli, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan aholi orasida har xil savollar va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmaslik maqsadida asossiz axborotlarni tarqatmaslik soʻraladi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//