“Bojxona tizimi pastdan boshlab, eng yuqori boʻgʻingacha oʻzgarishi kerak” – Prezident

Saqlash
19:35 / 17.02.2022 872 0

Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022-yilda bojxona maʼmurchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan holi tizimga aylantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazilmoqda.

 

Yigʻilishda qayd etilishicha, besh yillik Taraqqiyot strategiyasida eksportni 30 milliard dollarga, xorijiy turistlar sonini 7 millionga yetkazish belgilab olingan.


«Bu katta marralar. Buning uchun, bojxona tizimi pastdan boshlab, eng yuqori boʻgʻingacha oʻzgarishi kerak.


Topshirigʻimga koʻra, qoʻmitaning yangi raisi bevosita postlarda xodimlar, aholi va tadbirkorlar bilan yuzma-yuz gaplashib, har bir masalani ichiga kirib oʻrgandi.


Viloyat hokimlari bir narsani aniq tushunishi kerak. Bojxona postlari davlatimiz yuzi, birinchi taassurot ham aynan bojxonadan boshlanadi.


Bojxona postiga qarab, har bir hokimning madaniyatiga baho beriladi. Ular atrofida ravon yoʻllar, ekilgan manzarali daraxt va gullar, aholi uchun qulay sharoitlar boʻlishi shart», dedi davlatimiz rahbari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//