O‘zbekistonda 2021-yilda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari oqibatida halok bo‘lganlar soni ma’lum qilindi

Saqlash
16:21 / 17.02.2022 967 0

O‘zbekistonda 2021-yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida jami 2426 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 10 001 ta yo‘l-transport hodisalar sodir etilgan bo‘lib, ular oqibatida 9230 kishi jarohat olgan.

 

YTHlarning 4698 tasi piyodalar, 1621 tasi bolalar, 1075 tasi velosipedchilar, 84 tasi motosiklchilar bilan sodir bo‘lgan. Avariyalar sodir etgan haydovchilarning 268 nafari ayollar bo‘lsa, 9733 nafari erkaklar.

 

Shuningdek, YTHlarning 20,1 foizi harakatni tashkil etishdagi muammolar, 20,1 foizi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik, 13,8 foizi piyodalar o‘tish joyi belgilanmagan joydan kesib o‘tish, 9,1 foizi haydovchining tajribasizligi, 5-foizi bolalarni qarovsiz qoldirish, 1,4 foizi esa mast holda rulga o‘tirish oqibatida kelib chiqqan.

 

Yo‘l-transport hodisalarining deyarli 3626 tasi davlat ahamiyatidagi (mintaqalararo), 2099 tasi mahalliy, 1697 tasi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarda yuz bergan.

 

Bir yil ichida eng ko‘p yo‘l-transport hodisalari Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan tegishli davrda 1469 ta YTH qayd etilgan. Kuchli uchlikdan Toshkent viloyati (1336 ta) va Toshkent shahri (1073 ta) bormoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//