Farg‘ona ko‘chalarida quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan ko‘chma svetoforlar paydo bo‘ldi

Saqlash
15:12 / 17.02.2022 1178 0

Shu kunga qadar  yo‘l bo‘ylarida yangi qurilgan umumta’lim maktablari oldiga 22 ta quyosh panelli svetoforlar o‘rnatildi.

 

Viloyatda aholi gavjum joylar, xususan, bozorlarning kirish qismi va maktablar yaqiniga quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan ko‘chma svetoforlar o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.

 

Mazkur qurilma loyihasi Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab Yozyovon tumanida sinovdan o‘tkazilgan ko‘chma svetofor ijobiy samara berib, uning energiya tejamkorligi, istalgan yerga o‘rnatish imkoniyati mavjudligi har jihatdan ma’qullangan.

 

Bugungi kunda “aqllli svetofor”lar “Oltiariq-innovatsiya” korxonasi mutaxassislari tomonidan tayyorlanmoqda. Quyosh paneli yordamida ishlaydigan svetoforlar elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgan hozirgi sharoitda juda qulay. Qolaversa, davlat tomonidan o‘rnatiladigan svetoforlardan ancha arzon.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//