Jamiyat
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Joʻraxon Poʻlatov 88 yoshida vafot etdi.
1934-yilning 10-iyunida Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida tavallud topgan ustoz ijodkor askiya sanʼatining zabardast vakillaridan biri edi. U uzoq yillar madaniyat sohasining turli yoʻnalishlarida, xususan, Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida fidoyilik bilan mehnat qildi.
Joʻraxon Poʻlatov xalqona, samimiy kulgiga boy har bir chiqishi orqali el mehrini qozondi. Sanʼatimiz rivojiga katta hissa qoʻshdi. Ustoz ijodkorning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112417
Jamiyat
95075
Jamiyat
91291
Jamiyat
75991
Jamiyat
//
Izoh yo‘q