Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 16-fevral kuni chorvachilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida chorva mahsuldorligini oshirish, naslchilikni yaxshilash masalalari yuzasidan topshiriqlar berildi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, sohaga ilm va ilgʻor tajribalarni joriy etishda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining roli kuchaytirilishi taʼkidlangan. Ushbu institut maqomi oshiriladi. Unga veterinariya, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tajriba institutlari biriktiriladi.
Institut va uning filiallari barcha paxta, gʻalla va chorvachilik klasterlariga biriktiriladi, ularga amaliy va metodologik koʻmak berib, pullik xizmatlar koʻrsatadi. Aholi xonadonlarida qoramol, qoʻy, echki, parranda va boshqa chorvani koʻpaytirish, ozuqa ekinlarini ekish, chorva kasalliklarini oldini olish boʻyicha «mahallabay» ishlashni yoʻlga qoʻyib, aholi va fermerlarni qisqa muddatli kurslarda oʻqitadi.
«Chorvanasl» agentligiga har bir tuman kesimida chorvachilikda naslchilikni yaxshilash boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash topshirilgan.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109659
Jamiyat
94043
Jamiyat
89822
Jamiyat
72979
Jamiyat
//
Izoh yo‘q