Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim oʻrin tutgan soha - chorvachilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash, sohada ilgʻor texnologiyalarni keng qoʻllash orqali goʻsht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
“Biz «Inson qadri uchun” tamoyili asosida kelgusi besh yilda kambagʻallikni kamida 2 baravarga qisqartirishni oldimizga maqsad qilib qoʻydik.
Pandemiya davom etayotgani, iqlim oʻzgarishi, suv tanqisligi kabi omillar dunyo boʻylab oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻsishiga sabab boʻlmoqda.
Aholi kundalik isteʼmol xarajatlarining 30 foizini goʻsht, sut va tuxum kabi mahsulotlar tashkil etadi.
Shu bois, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning muhim tarmogʻi – chorvachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash, resurs tejovchi texnologiyalarni keng qoʻllash orqali goʻsht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish har kungidan ham dolzarb va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda», dedi davlat rahbari yigʻilish avvalida.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111121
Jamiyat
94525
Jamiyat
90471
Jamiyat
74594
Jamiyat
//
Izoh yo‘q