O‘zbek yozuvchisi “Muqaddas Anna” ordeni bilan mukofotlandi

Saqlash
11:02 / 15.02.2022 829 0

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Qo‘chqor Norqobil Rossiya Davlat Dumasi Jamoatchilik palatasi va Rossiya Xalqaro yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Muqaddas Anna” (“Svyataya Anna”) ordeni bilan taqdirlandi.

  

Ushbu mukofot yozuvchining Rossiya Federasiyasida chop etilgan “Ko‘zlaringni ko‘rgani keldim”, “Qordagi lola” va turkum asarlari uchun loyiq ko‘rildi.

  

Ma’lumki, adibning umuminsoniy g‘oyalar yuksak badiiy mahorat bilan ilgari surilgan asarlarida muhabbat mavzusi, milliy qadriyatlar, oddiy odamlar xarakteri yorqin tasvirlangani bilan o‘quvchi diqqatini tortadi. Ayniqsa, uning urush fojialari ichida ham insoniy tuyg‘ular ulug‘langan kitoblari hozirgi kunda Yevropa davlatlarida ham chop etila boshladi.

  

Kecha, 14-fevral kuni shu munosabat bilan Adliya vazirligida bo‘lib o‘tgan marosimda mazkur mukofotni yozuvchiga vazir o‘rinbosari Muzrob Ikramov topshirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish