Oʻzbekistonda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalari 30 foizdan 15 foizga pasaytiriladi

Saqlash
23:53 / 14.02.2022 958 0

Shavkat Mirziyoyev huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022-yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish davom etmoqda.

 

Yigʻilishda oshib borayotgan ichki talabni qondirish maqsadida birinchi yarim yillikda kamida 160 mingta avtomobil ishlab chiqarish lozimligi taʼkidlandi.


Yil yakuniga qadar 275 mingta avtomobil ishlab chiqarish uchun zarur butlovchi qismlarni oʻz vaqtida yetkazib berish boʻyicha nazorat oʻrnatish topshirildi.


“Shu bilan birga, aholimiz avtomobil bozorida takliflarni keskin oshirish boʻyicha amaliy natijalarni hozir kutmoqda”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.


Vazirlar Mahkamasiga uch kun muddatda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytirish boʻyicha qaror loyihasini kiritishga topshiriq berildi.


Soha rahbarlariga 2022-yilda:


- tannarxni kamida 5 foizga kamaytirish, 100 million dollarlik import oʻrnini bosish;


- 23 loyiha doirasida 600 turdagi butlovchi qismlarni oʻzlashtirib, mahalliylashtirishni 48 foizdan 56 foizga oshirish;


- 336 million dollarlik investitsiyalarni oʻzlashtirib, 3 ta loyihani (“Tracker”, «Onix” va yangi dvigatellar ishlab chiqarish) ishga tushirish lozimligi koʻrsatildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//