Madaniyat
Bugun buyuk davlat arbobi, sarkarda, zakiy shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 539-yil toʻldi. Andijon shahrida Bobur nomidagi maydonda sanaga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Andijon viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyat boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari, xorijlik mehmonlar Bobur haykali poyiga gullar qoʻydilar.
Tadbir davomida shoh va shoir qalamiga mansub asarlardan parchalar oʻqildi, uning davlat boshqaruvi va shaxsiy hayotdagi ibratli xislatlari yodga olindi. Bu ifodalar sahna asarlari orqali jonli obrazlarda yana bir bor taqdim etildi.
Shu kuni Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondida Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya ham boʻlib oʻtdi. Onlayn tarzda tashkil etilgan tadbirda oʻnga yaqin davlat vakillari ishtirok etdilar.
Konferensiya davomida anʼanaga binoan, boburshunos olimlarning yangi izlanishlari, ilmiy maqolalari, erishilgan yutuqlar va bu borada bajarilishi muhim boʻlgan vazifalar haqida fikrlar yuritildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q