Buxoroda 62 yoshli ota farzandiga buyragini berdi

Saqlash
20:52 / 14.02.2022 827 0

Buxoro shahrida yashovchi 62 yoshli Xalil Safarov ancha yillardan buyon buyrak yetishmovchiligi xastaligi bilan davolanib kelayotgan oʻgʻli Salomatga buyragini berishga qaror qildi. Bu haqida “Xalq soʻzi” nashri xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida yetakchi mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli kechdi. Eʼtiborlisi, bu mazkur filialda buyrak transplantatsiyasi bilan bogʻliq ilk amaliyot boʻldi.

 

Filial shifokorlarining taʼkidlashlaricha, ota-oʻgʻilning ahvoli durust. Ular sogʻligi tibbiy standartlarga muvofiq nazorat qilib borilmoqda. Filialda yaqin oylar davomida oʻndan ziyod xuddi shunday jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//