Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Saqlash
17:44 / 14.02.2022 800 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.

 

Unga koʻra, 14-fevral, dushanba kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha ob-havoni janubiy Ural hududlaridan kirib kelgan nam va sovuq antitsiklon belgilaydi. Respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik boʻladi. Togʻlarda qor yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, Qoraqalpogʻistonning, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlarining ayrim joylarida kuchayish 25-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Havo harorati 2-7 daraja iliqdan oshmaydi.

 

Hafta oʻrtasigacha sovuq antitsiklon taʼsiri saqlanib turadi. Respublikaning barcha hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Asosan kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuqqacha, respublikaning shimolida 8-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-5 daraja iliq atrofida boʻladi.

 

Haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston hududi boʻyicha kuchsiz shamolli quruq ob-havo saqlanib turadi. Tungi sovuqlar “zaiflasha” boshlaydi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 8-11 daraja iliqqacha isitadi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

14-fevraldan 18-fevralgacha respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//