Vazirlik oʻqituvchilarning kechki vaqtlarda turli tadbirlarga jalb etilayotgani yuzasidan munosabat bildirdi

Saqlash
17:22 / 14.02.2022 823 0

Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, soʻnggi kunlarda ayrim hududlarda oʻqituvchilarni maktab muassasalarida dars jarayonidan tashqari kechki vaqtlarda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etilayotgani haqida koʻplab murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlar yuzasidan vazirlik rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, maktablarda oʻqish jarayonidan tashqari vaqtlarda oʻtkazilayotgan tadbirlar uyushmagan va taʼlim bilan band boʻlmagan (18-30 yosh) yoshlarga moʻljallangan boʻlib, ularni tashkil etishga Yoshlar ishlari agentligi, xususan mahallalardagi yoshlar yetakchilari masʼul etib belgilangan.

 

Bunda Xalq taʼlimi vazirligiga faqat maktab infratuzilmasidan (kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali) foydalanish hamda maktablarni mahalla uchun “maʼnaviyat maskani”ga aylanishini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

 

Shu bois vazirlik tadbirlarga maktab maʼmuriyati, pedagog xodimlar va maktab oʻquvchilarini majburan jalb etilishi qatʼiyan taʼqiqlanganini maʼlum qiladi.

 

Shuningdek, vazirlik xalq taʼlimi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb qilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli javobgarlikka tortilishini eslatib oʻtgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//