Jamiyat
Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Urganch shahrida Fanlar akademiyasi akademiklari, Toshkent Botanika bog‘i rahbariyati hamda Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida yangi bog‘ loyihasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda voha iqlimiga moslashtirilgan o‘simliklarni ko‘paytirish va shu orqali yashil makonlar zarurligi ta’kidlangan. «Bu orqali OTMlar talabalari bunyod etiladigan botanika bog‘ida amaliyot o‘tashi, noyob o‘simliklar turlarini yaratishi va ko‘paytirishiga erishishi mumkin», — deydi akademik Komil Tojiboyev.
Ta’kidlanishicha, «Yashil makon» umummilliy harakati doirasi Quyi Amudaryo yoki Orolbo‘yi mintaqasi florasini aks ettiradigan va mana shu yerda o‘simliklar xilma-xilligiga ixtisoslashtirilgan, maxsus chuqur tadqiqotlar olib boradigan Botanika bog‘ini yaratish tashabbusi bilan chiqilgan.
Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiyevning so‘zlariga ko‘ra, Botanika bog‘ini Shovot kanali yoki Urganch shahri atrofida qilish rejalashtilmoqda.
«Birinchi navbatda qilinadigan ish o‘sha joyning iqlimiga mos, tuprog‘iga mos o‘simlik dunyosini tanlab olish kerak. Ya’ni shu hudud uchun eng yaxshi o‘sadigan o‘simliklar. Toshkent botanika bog‘ida 2 mingdan ortiq tur bo‘lsa, Xorazmlar ularning hammasini olib kelib, ekib yoki ko‘paytirib bo‘lmaydi. Chunki bu yerning iqlimi Toshkentnikidan keskin farq qiladi», — deydi Toshkent botanika bog‘i direktori Sodiqjon Abdinazarov.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q