Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi oʻrinbosari 50 ming dollar pora bilan qoʻlga tushgani xabar qilingandi. Viloyat prokuraturasining xabar berishicha, ishga aloqadorligi uchun Muborak tuman IIB boshligʻi X.Bahriyev ham qoʻlga olingan.
Mirishkor tumani hokimi oʻrinbosari U.Yaxshiyev tadbirkordan yer ajratib berish evaziga 80 ming AQSH dollari pora talab qilib, shundan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida ushlanganligi holati boʻyicha JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ayblanuvchi qamoqqa olingan edi.
Maʼlum qilinishicha, jinoyat ishi yuzasidan oʻtkazilgan dastlabki tergovda ichki ishlar organlari kadrlar zaxirasidagi xodim - U.Yaxshiyev pora olish jinoyatini tanishi Muborak tuman IIB boshligʻi X.Baxriyev bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda sodir etganligi aniqlangan.
Dastlabki tergov organi tomonidan Muborak tuman IIB boshligʻi X.Baxriyevning sodir etilgan jinoyatga bevosita daxldorligini isbotlovchi yetarli dalillar toʻplanganligi sababli, Baxriyev 11.02.2022-yilda jinoyat ishida gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, shu kuni JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Shuningdek, Muborak tuman prokuraturasi va ichki ishlar boʻlimining faoliyati hujjatlarni tahlil qilish orqali oʻrganilgan. Natijada tuman IIBning tergovga qadar tekshirish, dastlabki tergov va jinoyatlarni fosh etish boʻyicha faoliyatida bir qator kamchiliklar, xususan, oʻgʻirlik, bezorilik, talonchilik va firibgarlik kabi jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlari aniqlangan.
Hozirda, viloyat prokuraturasi tomonidan hisobdan yashirilgan 3 ta oʻgʻrilik, 3 ta bezorilik, 1 ta talonchilik va 1 ta firibgarlik jinoyatlari boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q