Jamiyat
Prezidentning “Professional taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan islohotlarni jadallashtirish va kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qarorda koʻzda tutilgan bir qator imtiyozlar boʻyicha maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, professional taʼlim muassasalarida dual taʼlim shaklini joriy qilish imkoniyati kengaytiriladi va taʼlim jarayonlari bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi. Dual taʼlim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional taʼlim muassasasiga har yili 50 million soʻmdan mablagʻ ajratiladi.
Professional taʼlim muassasasi oʻquv-amaliyoti jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) sotishi mumkin boʻladi. Professional taʼlim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Ilm-fan
111545
Jamiyat
94623
Jamiyat
90615
Jamiyat
75050
Jamiyat
//
Izoh yo‘q