Xalq taʼlimi vaziri uzr soʻrashga majburlangan oʻqituvchilar bilan uchrashdi

Saqlash
20:50 / 13.02.2022 844 0

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Andijon viloyatining Marhamat tumanida ota-onalar oldida bosh egib, uzr soʻrashga majbur qilingan oʻqituvchilar bilan uchrashdi.

 

Vazir oʻqituvchilar bilan suhbatlashib, ularning ruhiyatini koʻtarar ekan, bugun ularning obroʻsi va qadr-qimmati siyosat darajasidagi muhim masala ekanligi va ularni obroʻsizlantirishga hech kim haqli emasligini qayd etdi hamda yuz bergan holatni ustoz shaʼnini yerga urish deb baholadi.

“Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchilarni ulugʻlash masalasini Davlat siyosatining eng yuqori darajasiga olib chiqib, oʻqituvchi jamiyatimizning eng hurmatli insoni boʻlishi ekanligini doimiy ravishda taʼkidlab kelmoqda. Shunday ekan , oʻqituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yoʻq. Oʻqituvchi qadrlanmagan yurtning ertasi boʻlmaydi. Shunday ekan, bugun har birimiz, hattoki oʻqituvchilarning oʻzi ham shaʼni va obroʻsini oshirish uchun harakat qilishi zarur”, dedi Baxtiyor Saidov oʻqituvchilar bilan uchrashuvda.

 

Uchrashuv soʻngida oʻqituvchilarning fikrlarini tinglagan vazir ular bilan maslahatlashgan holda mazkur holatga yoʻl qoʻygan mutasaddilarga albatta chora koʻrilishi alohida qayd etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//