Madaniyat
Surxondaryo viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida Denov tuman bo‘linmasi rahbari, “Do‘stlik” ordeni, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Turon Fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari nomzodi Toshtemir Turdiyevning 80 yillik yubileyi keng nishonlandi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Surxondaryo viloyati hokimi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi To‘ra Bobolov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘rinbosari Gʻayrat Majid hamda professor-o‘qituvchilar, shoiru yozuvchilar, T.Turdiyevning safdoshlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni viloyat hokimi kirish so‘zi bilan ochib, Toshtemir Turdiyevni Vatan ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqida so‘zladi va yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatdi. Shundan so‘ng Respublika Ma’aviyat va ma’rifat markazi rahbari barcha yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov va Prezident Administrasiyasining bir qator mas’ullari tomonidan yo‘llangan tabriknomani o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng Yozuvchilar uyushmasi vakillarining nutqlari tinglandi.
Tadbir so‘ngida viloyatdagi maqom kuychilari, baxshilar, "Badash" etnografik ansanbli va Boysun tumanining "Shalola" folklor etnografik xalq ansanbli xonandalarining chiqishlari yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q