Jamiyat
13-14-fevral respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatiladi. Bu haqida “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Xabarga koʻra, 13-15-fevral kunlari Oʻzbekiston hududiga Gʻarbiy Qozogʻiston orqali janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
13-14-fevral respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatiladi, jumladan:
13-fevral Qoraqalpogʻiston Respublikasida shamol 17-22 m/s gacha. ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin:
14-fevralda respublika boʻyicha baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlarining ayrim hududlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
13-fevral Qoraqalpogʻiston respublikasida va 14-fevral respublika boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kutiladi. Togʻli hududlarda qor yogʻish kuchli boʻlishi mumkin.
15-17-fevral kechasi harorat -4 -7° sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q