Jamiyat
“Xalq banki”ning Andijon viloyati Amaliyot boʻlimining 13 nafar xodimi katta miqdordagi mablagʻlarni oʻzlashtirganlikda ayblanmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar bergan.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura tomonidan AT “Xalq banki” Andijon viloyati Amaliyot boʻlimi xodimlari va boshqalarga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov davomida bank xodimlari 4,6 mlrd soʻmni oʻzlashtirganliklari aniqlangan. Ushbu kamomadga yoʻl qoʻygan 13 nafar bank xodimlariga JK 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilingan. Ularning 11 nafariga qamoq, 2 nafariga garov ehtiyot choralari qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Ilm-fan
111546
Jamiyat
94623
Jamiyat
90615
Jamiyat
75050
Jamiyat
//
Izoh yo‘q