Jamiyat
Respublika gidrometeorologiya markazi 12-fevral, shanba kuni qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-6° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; Ustyurtda 0-5° sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq; choʻl hududlarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 6-11° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q