Jamiyat
Boʻstonliqdagi “Yoshlik” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi negizida “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohi tashkil etiladi. Unda iqtidorli bolalar hamda agentlik tizimidagi xodimlar dam oladi va oʻqitiladi. Bu haqida 9-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan.
Ushbu hudud avval «Oʻzmetkombinat» AJ tuzilmasidan Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufiga oʻtkazilgan hamda kelgusi 10 yil davomida oromgohni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar «Oʻzmetkombinat» AJ tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari hisobidan qoplanishi aytilgan.
Quyidagilar oromgoh faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:
bolalarni sogʻlomlashtirish, ularni sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish;
yoshlarning IT, STEAM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, sanʼat, matematika), biznes boshqaruvi, ijod sohalaridagi iqtidorini rivojlantirish;
yoshlarni tadbirkorlikka oʻrgatish, tashabbuslar va startaplarni qoʻllab-quvvatlash;
imkoniyati cheklangan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash;
iqtidorli yoshlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va ular bilan tizimli ishlash mexanizmlarini joriy etish;
oʻquvchilarni xalqaro fan olimpiadalari va tanlovlarga samarali va intensiv holda tayyorlash;
agentlik tizimidagi rahbar va pedagog kadrlarning qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, metodologik amaliyoti, xalqaro ekspertlar ishtirokida mahorat darslari va boshqalarni oʻtkazish.
Oromgoh yil davomida faoliyat yuritadi, unda iqtidorli bolalar dam oladi va oʻqitiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Farangiz
12:01 / 01.01.1970
Ajoyib! Savolim bor edi? Oromgoh qachondan boshlanadi? Iltimos javob qoldirsangiz!