Prezident viloyat hokimlari va ichki ishlar boshliqlariga uch oy muddatda bajarilishi kerak boʻlgan topshiriq berdi

Saqlash
13:10 / 11.02.2022 926 0

Bundan buyon haydovchining intizomiga qarab, uni oʻqitgan avtomaktab faoliyatiga ham baho beriladi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilayotgan yigʻilishda taʼkidlandi.

 

Shuningdek, viloyat hokimlari va ichki ishlar boshliqlariga uch oy muddatda hududlarida zamonaviy avtomaktab va imtihon markazlarini tashkil etish topshirildi.

 

Raqamlashtirish – yoʻl harakatini boshqarishning eng toʻgʻri yechimi, dedi Prezident.

 

“Afsuski, na poytaxtda, na hududlarda raqamlashtirish borasida birorta namuna qilib koʻrsatadigan joy yoʻq. Borini ham eplab ishlata olmayapti”.

 

Shu bilan birga, Toshkent shahrining 602 ta chorrahasidan 111 tasidagina raqamli boshqaruv mavjud. Boshqa shaharlarda esa bunday tizim umuman yoʻq.

 

«Harakat xavfsizligini raqamlashtirish boʻyicha Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yuzaga kelgan muammolarni oʻzim qattiq nazoratga olganimdan keyin hokimlar va ichki ishlar boshliqlari harakatni boshladi.

 

Ushbu hududlar ichki ishlar boshliqlari 1-iyulgacha keskin oʻzgarish qilmasa, ularga nisbatan qatʼiy chora koʻraman. Boshqa hokimlar ham xulosa qilib, batafsil hisobot beradi», degan Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//