Siyosat
Prezident videoselektor yigʻilishi davomida qator masʼullarni ishdan oldi. 2021-yilda Chiroqchida 43 ta, Namangan shahrida 42 ta, Yangiyoʻl tumanida 34 ta, Urgutda 28 ta, Andijon tumanida 20 ta avariyada odamlar hayotdan bevaqt koʻz yumgan.
“Ushbu tuman va shahar hokimlari, ichki ishlar boshliqlari va prokurorlari ishdan olinib, uch oy sinov muddati berildi. Agar ular ushbu muddatda oʻzgarish qilmasa, javobgarlikka tortiladi”, dedi Prezident.
Shu bilan birga, bunday favquloddagi holatga nisbatan Oliy Majlis, mahalliy kengashlar deputatlarining ovozi eshitilmayotgani, Senat, Qonunchilik palatasi, kengashlar yoʻl harakati xavfsizligini biror marta muhokama qilmagani qayd etildi.
“Nimaga hokimlar, ichki ishlar, “GAI”, transport sohasi rahbarlarining hisoboti eshitilib, masʼuliyati koʻrib chiqilmagan? Shuning uchun bu muhim masala bilan shaxsan oʻzim shugʻullanishga majbur boʻldim”, dedi davlatimiz rahbari.
Shuningdek, yigʻilishda Namangan viloyati IIB boshligʻi, Andijon va Samarqand viloyatlari YXHB boshliqlarini ishdan olishga koʻrsatma berildi. Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻiga qatʼiy ogohlantirish berildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q