“Oʻzingizni yigʻishtirib oling!” – Oliy taʼlim vaziri sohadagi korrupsiya holatlarini tanqid qildi

Saqlash
15:37 / 11.02.2022 877 0

Oliy taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov professor-oʻqituvchilarga murojaat qilib, sohadagi korrupsiya holatlarini tanqid qildi.

 

«Oliy taʼlimda korrupsiya bor degan tushuncha, nafaqat jamiyat, xalqda, balki aksariyat rahbariyatda bor. Lekin men shu tizimda rahbar sifatida aytamanki, barobarlarga kamayib ketdi. ming afsus, endi atrofda firibgarlar. Shu yerga kelguncha matbuot xizmati rahbari 5 ta holat tashlab berdi. Qashqadaryoda oʻqishni koʻchirib beraman deb, umuman universitetga aloqasi yoʻq odam 3000 dan 6000 dollar pora olgan, vodiyda pora olgan.

 

Keyingi vaqtda oʻqituvchilar emas, kotiba, yordamchi, lobarant, talaba bu ishga aralashib ketyapti. Bu kimgadir borib taqalmasa, u bu ishni qilmaydi. Ularning hammasiyam firibgar emas. Oʻzingizni yigʻishtirib oling. Eng birinchisi shu. 65 foiz aholi oliy taʼlimga haliyam ishonmaydi, degan soʻrov natijalarini oʻqiganmiz. Nol boʻlishi kerak, xalq, rahbariyat oliy taʼlimni “yuviler” darajada toza boʻlishini xohlaydi. Butun dunyoda shunaqa. Bunaqa narsa xayoligayam kelmaydi odamlarning. Bundan xulosa qilish kerak. Men uyalaman. Qurilish bilan oliy taʼlim korrupsiyadan holi soha deb eʼlon qilingani siz bilan bizga daraja emas. Uyat bu», degan vazir.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//