Qaysi ilova foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini koʻproq kuzatishi aniqlandi

Saqlash
14:42 / 11.02.2022 859 0

YouTube va TikTok foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini boshqa ijtimoiy tarmoq ilovalariga qaraganda koʻproq kuzatishi aniqlandi. YouTube shaxsiy maʼlumotlarni asosan oʻz maqsadlari uchun toʻplaydi. TikTok esa uchinchi tomonga buni amalga oshirishga imkon beradi.

 

URL Genius platformasi tadqiqotiga koʻra, Googlega tegishli boʻlgan YouTube qidiruv tarixi va joylashuvini kuzatish uchun foydalanuvchi maʼlumotlarini toʻplaydi. Bu foydalanuvchilarga mos reklamalarni koʻrsatish uchun kerak.

 

Xitoyning ByteDance texnologiya gigantiga tegishli TikTok uchinchi tomonga shaxsiy maʼlumotlarni toʻplash imkonini beradi. Uchinchi tomon kuzatayotganda maʼlumotlarni aynan kim kuzatib borayotganini yoki ular qanday maʼlumotlarni toʻplashini bilish deyarli ilojsiz. Toʻplanayotgan maʼlumotlar orasida foydalanuvchi tashrif buyurgan xabarlar, uning joylashgan joyi yoki boshqa shaxsiy maʼlumotlari boʻlishi mumkin.

 

Uchinchi tomon foydalanuvchi dasturdan chiqqandan keyin ham boshqa saytlardagi faoliyatini kuzatishi mumkin. URL Genius 10 ta ijtimoiy tarmoq ilovalari — YouTube, TikTok, Twitter, Telegram, LinkedIn, Instagram, Facebook, Snapchat, Messenger va Whatsapp boʻylab qancha domen foydalanuvchi faolligini kuzatishini bilish uchun Apple iOSning Record App Activity funksiyasidan foydalangan.

 

«YouTube va TikTokning har birida 14 tadan kontakt tarmogʻi topilgan, bu boshqa ilovalarga qaraganda ancha koʻpdir. Boshqa ilovalarda esa oʻrtacha oltita aloqa tarmogʻi mavjud edi. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, ushbu ilovalarga oʻz akkaunti orqali kirganda koʻrsatkich yuqori boʻlishi mumkin», deyiladi xabarda.

 

YouTube kuzatuvchilarining oʻntasi mahalliy tarmoq kontaktlari boʻlgan, yaʼni platforma oʻz maqsadlari uchun foydalanuvchi faoliyatini kuzatgan. Toʻrtta kontakt uchinchi tomon domenlariga tegishli edi, shuning uchun platforma ularga maʼlumot toʻplash va foydalanuvchi faoliyatini kuzatish imkonini bergan.

 

TikTokda esa 14 ta kontakt tarmogʻidan 13 tasi uchinchi shaxslarga tegishli edi. Tadqiqotchilarning qayd etishicha, foydalanuvchi ilova sozlamalarida kuzatishga ruxsat bermagan taqdirda ham uchinchi tomon kuzatuvi davom etgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//