Siyosat
Ayni paytda Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida viloyat faollari yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Oʻta tanqidiy ruhda oʻtayotgan yigʻilishda davlatimiz rahbari viloyatdagi sektorlar va tegishli mutasaddilar juda sust ishlayotganini koʻrsatib oʻtdi.
Faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun:
- Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov;
- Nurobod tumani hokimi F.Zairov;
- Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari O.Toʻxtayev,
- Oqdaryo tumani prokurori D.Kubayev;
- Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari J.Qodirov, F.Gafarov va D.Ibragimov;
- Urgut va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari A.Almazov va M.Ergashev;
- viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Gʻ.Mamatqulov ishdan olindi.
Ularning baʼzilariga nisbatan toʻplangan, shu jumladan korrupsiya holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida jinoiy ish ochish masalasi oʻrganib chiqiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91387
Jamiyat
76048
Jamiyat
//
Izoh yo‘q